empty
 
 
Bolg'a va Osilgan odam (Hammer and Hanging Man)

"Bolg'a" va "Osilgan odam" (Hammer and Hanging Man) ("kanazuchi"/"tonkachi" va "kubitsuri") o'z ichiga faqat bitta shamni qamrab oladi. Ularda ancha uzoq davom etuvchi pastki soya va uncha katta bo'lmagan tanalar bo'lib, ular kunduzgi savdo diapazonining eng yuqorisida yoki yaqinida joylashgan. Ular shuningdek "tombo"/"takuri" shamlarining alohida hollari deb ham ataladi.

"Bolg'a" bu nomni tubni toblagani sababli olgan, u pastga tushuvchi trendda paydo bo'ladi. Bu "tonkachi" modeli bo'lib, yapon tilidan tarjima qilinganda "yer" yoki "tuproq"ni anglatadi. "Osilgan odam"ga kelsak, uni trendni uchida kuzatish mumkin bo'lib, u osilib turgan odamni eslatadi.

Navbatdagi "Bolg'a"ga o'xshash sham "takuri" deb ataladi. Bu yaponcha so'z arqon bo'ylab osilib chiqishni anglatadi. "Takuri" shamida pastki soyasi tanasidan uch marta uzunroq. Bunda "bolg'a" soyasining minimal uzunligi faqat sham tanasi uzunligidan ikki baravar katta.

Aniqlab olishning bir necha tamoyili mavjud:

  • uncha katta bo'lmagan tana savdo diapazonining yuqori cheti yaqinida joylashgan;
  • sham tanasining rangining ahamiyati yo'q;
  • uzun pastki soya, odatda, tanadan ikki yoki uch marta uzunroq;
  • shamda yuqori qismida soya ko'pincha bo'lmaydi. Agar u mavjud bo'lsa, u zo'rg'a seziladi.

"Bolg'a"ni mufassalroq qarab chiqib, quyidagini aytish mumkin: bozor pastga tushuvchi trendda joylashgan, bu "ayiqlar"ning mavjudligidan dalolat beradi. Savdo ochilganda narx pastga tomon jadal harakatlanadi. Keyin u kattalasha boradi va bozor natijada session maksimumiga yaqinlashadi.Agar bozorning yopilish narxi ochilish narxidan yuqori bo'lganda shamning tanasi oq rangga bo'yaladi. Bunday vaziyat "buqa" kayfiyatiga ko'proq ma'qul bo'ladi. Tasdiq sifatida savdolarning keyingi kunida yopilish narxi yanada katta bo'lgan ochilish narxining yanada yuqori bo'lishini aytish mumkin.

Agar "osilgan odam" to'g'risida gapiradigan bo'lsak, u holda ko'tariluvchi dinamikaning mavjudligi sababli bozorda "buqalar" hukmronlik qiladi. "Osilgan odam" paydo bo'lishi uchun narx savdolarning ochilishi darajasidan pastroqqa tushishi kerak. Keyin u yuqoriga yo'nalish bo'yicha ketishi va maksimal belgilar yaqinida yopilishi kerak. Bu, uzun pastki soyaning paydo bo'lishini ko'rish mumkin va narxlar qanchalik past qisqarishi mumkinligini tushunish mumkin bo'lgan payt. Agar keyingi kun bozor pastroqda ochilsa, u holda uzun pozitsiyali treyderlar sotish mumkinligi to'g'risida o'ylay boshlashadi.

"Bolg'a" yoki "Osilgan odam"dan chiquvchi signalning qiymatini kuchaytiruvchi xususiyatlar - bu yetarlicha davom etuvchi pastki soya, yuqorida soyaning bo'lmasligi (deyarli Dodji), kuchli avvalgi trend. Bunga avvalgi trendga qarama-qarshi qo'yilgan kayfiyatni ko'rsatuvchi tananing rangi kiradi. Yuqorida sanab o'tilgan barcha xususiyatlar bir-biriga qo'shilganda, "bolg'a" "takuri" shamiga aylanadi. Shuni ham aytib o'tish lozimki, takuri shamlari "bolg'a" bilan taqqoslanganda yorqin ifodalangan xususiyatiga ega bo'ladi.

"Bolg'a" va "Osilgan odam" tanasining rangi ko'p narsa haqida xabar berishi mumkin. Masalan, qora tanali "Osilgan odam"da haqiqiy "ayiq" xususiyati bo'ladi, buni oq tanali "Osilgan odam" to'g'risida aytib bo'lmaydi. Oq rangli "Bolg'a" ega qora rangdagiga qaraganda ancha yaxshi ifodalangan "buqa" xususiyatiga ega bo'lar edi.

"Bolg'a" yoki "Osilgan odam" paydo bo'lganida tasdiqni kutib turish muhimdir, buning tasdig'i sifatida keyingi kunning ochilish xususiyatini o'zi bo'lishi mumkin. Biroq tasdiqlovchi yopilishni kutish to'g'riroq bo'ladi. Agar ufda "bolg'a" ko'rinsa, u holda keyingi kundagi yopilish narxi yanada yuqori ko'tarilishi kerak. Bunday holatda, "buqa"ning pozitsiyasini egallash mumkin.

Shuni ta'kidlash kerakki, bitta shamdan iborat bo'lgan "bolg'a" va "osilgan odam" ajratilishi mumin emas.

Agar jinsdosh modellar to'g'risida gapiradigan bo'lsak, u holda "bolg'a" va "osilgan odam" "dodji-ajdaho"ning alohida holatlari bo'lib hisoblanadi. U ko'pincha "osilgan odam"dan ko'ra ancha ifodalangan "ayiq" bo'lgan bo'lar edi.

Yutilish modeli ikki tanadan iborat bo'lib, ular qarama-qarshi rangga bo'yalgan. Ikkinchi kun tanasi oldingi kun tanasini to'liq yutadi. Bu modelda soyalarga e'tibor qilmaslik kerak. Boshqa shamni quchog'iga oluvchi ("daki") deb atashadi. U avvalgi kunning shamini butunlay qamrab oladi. Agar model bozor cho'qqisiga juda yaqin kelgan bo'lsa, bu holat sotuv tomoniga qarab kayfiyatning o'zgarganidan dalolat beradi. "In-sutsumi" o'suvchi trenddan so'ng "oxirgi daki" deyiladi va Sakata texnikasining bir qismi bo'lib qoladi.

Modelning birinchi kuni kichik tana egasi hisoblanadi, ikkinchi kuni esa uzun tana egasi hisoblanadi. Ikkinchi kundagi narx harakati bilanchi kundagidan ancha kuchli bo'lgan uchun u avvalgi trendning so'nishi ehtimolini ko'rsatishi mumkin. Agar yutilishning ayiq modeli uzoq vaqt harakatdan so'ng ko'rinsa, bu holat ko'pchilik "buqalar" uzun pozitsiyalarni egallab olganliklari imkoniyatini oshiradi. Bu yerda bozorda ko'tariluvchi trendning saqlanib qolishi uchun yangi pullarning yo\qligi ehtimoli istisno qilinmaydi.

Yutilish modeli odatdagi tashqi kunni juda kuchil ravishda eslatadi. U xuddi yutilishi modelidagi kabi yangi trend yo'nalishida yopilish narxida avvalgi diapazon chegaralaridan chiquvchi narxlarni beradi.

forex indicators
forex indicators

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback