empty
 
 

Tavsifi

"Gravitatsiya markazi" ossillyatori Djon Ellers tomonidan ishlab chiqilgan va "Stocks & Commodities" (05.2002) jurnalida taqdim etilgan. Mazkur ossillyator amalda narxdan nolga teng miqdorda orqada qoladi va burilishi paytlarini aniq belgilashga imkon beradi. Bu indikator muallifning moslashuvchi filtrlarni tadqiqotlari natijasi hisoblanadi.

Hisoblash formulasi

CG = -1*NUM/DEN

NUM = int (n, i = 0) [PRICE{i}*{i+1}]

DEN = int (n, i = 0) [PRICE {i}], bu yerda


PRICE [i] = i bar orqadagi narx;

PRICE [0] = joriy bar narxi;

PRICE [2] = 2 ta bar orqadagi narx va h.k.

Savdoda qo'llanilishi

"Gravitatsiya markazi" indikatori narxning asosiy burilishi nuqtalarini deyarli orqada qolmasdan tenglashtirishga imkon beradi, bu esa uning texnik tahlilda va treydingda foyda keltirishning asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi.

Metatreyder uchun "Gravitatsiya markazi" indikatorini hisoblash g'oyasi filtrlar koeffitsientlarining nisbiy amplitudasiga muvofiq, oxirgi impuls tavsifi bilan turli xil narxli filtrlarning orqada qolishi qanday ekanini kuzatishdan so'ng paydo bo'ladi. Oddiy o'rtacha sirpanuvchi (SMA) shunday filtr hisoblanadiki, bunda barcha koeffitsientlar aynan bir xil qiymatga ega bo'ladi. Natijada SMA gravitatsiya markazi bo'lib filtrning aniq markazi hisoblanadi.

"Gravitatsiya markazi" indikatori tashqi tomondan stoxastik ossillyatoriga o'xshash, faqat farqi shundaki, "Gravitatsiya markazi" da ortiqcha xarid qilinganlik va ortiqcha sotilganlik darajalari yo'q, uning asosiy signallari esa ikkita signal (qizil va ko'k) chiziqlarini shakllantiradi.

Indiktorning asosiy signali sizgal chiziqlarining kesishishi hisoblanadi:

  • Agar qizil chiziq ko'k chiziqni pastdan yuqoriga tomon kesib o'tsa, indikator xarid qilishga signalni yuzaga keltiradi.
  • Agar qizil chiziq ko'k chiziqni yuqoridan pastga tomon kesib o'tsa, indikator sotuvni amalga oshirishga signalni yuzaga keltiradi.

Indikator eng kam kechikuvchi ossillyator sifatida ishlab chiqilgani uchun bunday signallarni savdoda qo'shimcha filtr zaruriyatisiz muvaffaqiyatli ko'llanishi mumkin.

"Gravitatsiya markazi" kompyuter generatori yuzaga keltiradigan yana bir signal mumtoz divergensiya signali hisoblanadi:

  • Agar narx ikkita yangi maksimumni shakllantirgan bo'lsa (shu bilan birga ikkinchisi birinchisidan yuqori bo'lsa), "Gravitatsiya markazi" indikatori esa yangi maksimumni shakllantirmagan bo'lsa, u holda divergensiya signali paydo bo'ladi, u aktivni sotish zarurligidan dalolat beradi.
  • Agar narx ikkita yangi minimumni shakllantirgan bo'lsa (shu bilan birga birichisi ikkinchisidan past bo'lsa), "Gravitatsiya markazi" indikatori esa yangi minimumni shakllantirmagan bo'lsa, u holda konvergensiya signali paydo bo'ladi, u aktivni xarid qilish zarurligidan dalolat beradi.
Gravitatsiya markazi indikatori

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback