empty
 
 

loader

"Bollindjer polosalari" indikatori

"Bollindjer polosalari" texnik indikatori narxlar o'zgarishining oralig'ini va tezligini ko'rsatib, bozor vositasining narx harakatining katta qismini qamrab olishga imkon beradi. "Bollindjer polosalari" xarid qilishga yoki sotishga signal beradi, lekin bozor vositasining bo'lajak harakat yo'nalishini belgilab bermaydi. Indikatorning ishlashi to'g'risida bizning videomaterial tufayli ko'proq ma'lumotni bilib olish mumkin.

"Bozor fraktallari" indikatori

Texnik tahlil bo'yicha kitoblar muallifi va taniqli treyder Bill Vilyams ishlab chiqqan "Bozor fraktallari" texnik indikatori bozor tendentsiyalari to'g'risida hukm yuritishga imkon beruvchi narx ekstimumlarini topadi va belgilab qo'yadi. Fraktal kamida beshta bar ketma-ketligidan iborat bo'lib, uning o'rtachasi eng yuqori maksimumga yoki eng past minimumga ega, shu tufayli indikator ancha yuqori aniqlikka ega. Indikatorning grafikdagi misollari bilan mufassal tavsifiini siz taqdim etilgan videodan topasiz.

"Sirpanuvchi o'rtacha" indikatori

Videorolik eng ko'p tarqalgan va oddiy bo'lgan, "Sirpanuvchi o'rtacha" indikatoriga bag'ishlangan bo'lib, u ma'lum bir vaqt oralig'idagi narx ko'rsatkichining o'rtacha qiymatini aks ettiradi. Indikatorning bo'sh tomoni yon trendda yolg'on signallarning mavjudligi va signallarning kechikishi hisoblanadi.

"MACD" ossillyatori

"MACD" ossillyatorining bashorati aniqligi ko'p jihatdan bozorning o'zgaruvchanligiga bog'liq, chunki asbobning ishlashi kichik tartibli sirpanuvchi o'rtachadan katta tartibli sirpanuvchi o'rtachani ayirish hamda olingan natijalarning o'rtachasini olishga asoslangan. Ossillyator to'g'risida mufassalroq material joylashtirilgan videomaterialda berilgan.

"Parabolic SAR" indikatori

Bitimdan qulay chiqish to'g'risida signal beruvchi "Parabolic SAR" trend indikatorining qo'llanish usullaridan biri unda treyling-stop sifatida foydalanish bo'lishi mumkin. Indikator bilan ishlash namunalari videorolikda taqdim etilgan.

"RSI" ossillyatori

Mazkur videorolikda "RSI" ossillyatoridan foydalanish mexanizmini mufassal ko'rib chiqishingiz mumkin bo'lib, bu ossillyator erta bosqichlarda treyderga narxning aylanishi to'g'risida signallar uzatadi. Asbobning ishlashi asosida istagan yo'naltirilgan harakatning qarama-qarshisiga muqarrar almashishi to'g'rsidagi tamoyil yotadi.

"Stochastic" ostsillyatori

Videorolik sizga narx tendentsiyalarini va cho'qqi hamda pastliklarning oxirgi seriyasi ichida yopilish narxlari bo'yicha o'zgarishlarni aniqlab beruvchi "Stochastic" ostsillyatorining savdoda foydalanish hususiyatlari to'g'risida so'zlab beradi. Ostsillyator ochilishga trendga qarshi yolg'on signallar berishi mumkin.

"Alligator" indikatori

Turli davrdagi uchta sirpanuvchi o'rtachadan iborat "Alligator" trendli indikatori yangi tendentsiyaning boshlanishi to'g'risida signal beradi. Videorolik moliya bozorida ishlashda mashhur indikatordan samarali foydalanish to'g'risidagi asosiy axborotni sizning e'tiboiringizga havola etadi.

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback