empty
 
 

Tavsifi

Mazkur indikator, shuningdek Price Channel nomi bilan mashhur bo'lib, oldingi asrning 70-yillarida moliya bozorlarini texnik tahlil qilish sohasidagi mashhur mutaxassis Richard Donchian tomonidan ishlab chiqilgan edi. Price Channel trendli indikatorlar sinfiga kiradi va o'z signallari va tashqi ko'rinishiga ko'ra mashhurligi undan kam bo'lmagan Bollinger Bands indikatoriga o'xshaydi. Biroq Bollindjer tasmalaridan farqli ravishda Donchianning narx kanallari ma'lum vaqt oralig'idagi maksimal va minimal narxlar asosida quriladi.

Hisoblash formulasi

DonchianChannel Upper = HH(n), n davrlar uchun High ko'rsatkichlarining eng kattasi (Highest High), guruhi

DonchianChannel Lower = LL(n), n davrlar uchun Low ko'rsatkichlarinig (Lowest Low) eng kichigi

DonchianChannel Middle = (DonchianChannel Upper + DonchianChannel Lower) / 2

Savdoda qo'llanilishi

Price Channel ham trendli, ham kontrtrendli savdo tizimi uchun texnik bazis tarzida ko'llanishi mumkin.

Mazkur indikator asosidagi savdo tizimining klassik qoidalari quyidagilarni nazarda tutadi:

  • narx 20 davrli kanalning yuqorisida yopilishida aktivlarni xarid qilishni;
  • narx 20 davrli kanalning ostida yopilishida aktivlarni sotishni;
  • narx 5 davrli kanalning yuqorisida shakllanishidan qisqa pozitsiyalarni yopishni;
  • narx 5 davrli kanalning ostida shakllanishidan uzun pozitsiyalarni yopishni.

Kanalning "teshilishi" signalini izlashni soddalashtirish uchun +2 o'lchamlikdagi indikator siljishidan foydalanish zarur.

Ishlashning mazkur usuli tovar xomashyo va fondi bozorlarida ham kun ichidagi, ham o'rta va uzoq muddatli operatsiyalar uchun a'lo darajada to'g'ri keladi.

Xalqaro valyuta bozori ko'proq darajada yonlama va fletli bo'lgani uchun Price Channel indikatoriga asoslangan teshilish strategisidan foydalanish uchun bitimlar filtrini kiritish zarur. Shunday qilib, Donchian kanali chegaralaridan tashqarida naxni shakllantiradigan signallarni tanlab olish amalga oshiriladi.

Ishning eng qulay varianti "teshiluvchi" signalarning o'rnini egallash va ularni trendning kuchini belgilovchi ADX kabi indikatorlar bilan va narx o'zgarishini hisobga oluvchi ATR kabi indikatorlar bilan filtrlash hisoblanadi.

Price Channelga asoslangan pozitsiyalardan chiqish usuli bitimni korrektsion qaytish harakatida yo'qotishlarsiz yopishga imkon berib, bunday harakat ko'pincha narx sakrashidan so'ng yuz beradi. Bu holat, Kanal chegaralari teshilgandan so'ng narx teskari tomonga harakatlanganda mablag'larning bir qismini yo'qotib qo'ymaslikka imkon berganda yuz beradi, bu esa bitimni ancha foydali yopishga imkon beradi.

Donchian kanallari

InstaForeks Donchian indikatorining parametrlari

period - 20
displacement - 2
mode - 1 ёки 2

mode = 1 usulida indikator n davr uchun Highest High va Lowest Low asosida quriladi

mode = 2 usulida indikator n davr uchun Close asosida quriladi

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback