empty
 
 

Bugun ko'pchilik brokerlar Foreks bozoriga kirishni taklib etishmoqda. Bunda ulkan ulushni yanada yirik kompaniyalar taqdim etgan litsenziyalar bo'yicha ishlovchi uncha katta bo'lmagan diling markazlari egallashadi. Odatda, bunday firmalar yuqori darajadagi komissiyalar belgilashadi yoki yuqori qiymatni ko'p sonli qo'shimcha xizmatlar bilan yashirishadi. Undan tashqari, ko'pincha bunday brokerlar ko'rsatadigan xizmatlar Foreks bozoriga kirishni taqdim etish bilangina cheklanadi.

Ekspertlar va tajribali treyderlar ko'p yillik tajribasi keng mijozlar bazasi va taniqli brend bilan mustahkamlangan yetakchi kompaniyalarga afzallik berishni maslahat berishadi. Bugungi maqola InstaForeks kompaniyasiga bag'ishlangan bo'lib, uning obro'si yuqorida eslatib o'tilgan barcha talablarga javob beradi.


media about us, publications


InstaForeksning tarixi 2007 yildan boshlanadi. Kompaniyaga brokerlik xizmatlari bozorining yetakchilari orasidan joy olishi uchun sakkiz yil talab qilindi. InstaForeksning muvaffaqiyati siri shundan iboratki, tashkil etilishining birinchi kunlaridan boshlaboq kompaniya to'la ravishda o'z mijozlarining ehtiyojlarini qanoatlantirish yo'nalishida faoliyat yuritdi. InstaForeks jamoasi avval boshidanoq o'zi uchun samarali va raqobatbardosh biznes-modelni tanlab olib, kompaniya taklif etgan mahsulotlar, xizmatlar va texnologiyalarni doim takomillashtirib boradi.

O'z tanlovini InstaForeks kompaniyasiga qaratgan treyderlar o'z brokeri sifatida ularga o'zlarining butun diqqat e'tiborini savdo qilish va daromad olish jarayoniga qaratishga imkon beruvchi butun bir imtiyozlar to'plamini olishadi. Foreks bozori ko'pincha yangi kelganlarga qo'rqituvchi va oldindan bilib bo'lmaydigan mashg'ulot sifatida ko'rinadi. Tabiiyki, birinchi daromadni olguncha yetarlicha ko'p vaqt o'tishi mumkin. Shuni yodda tutish muhimki, xalqaro Foreks bozorida savdogacha kirishishni ta'minlash brokerning yagona vazifasi emas. U o'z mijozlariga shuningdek zarur o'quv materiallarini, axborot bilan qo'llab-quvvatlashni va texnik asosni taqdim etib, savdo vositalarini va daromad olish texnikasini tanlashda to'la erkinlikni ta'minlaydi.

InstaForeks o'z mijozlariga Foreksda ishlash uchun zarur vositalarning to'liq to'plamini taqdim etadi. Bu treyderlarga bozorni tezroq o'zlashtirib olishga va pul ishlashni boshlashga imkon beradi. Tez o'zgaruvchan moliyaviy muhit sharoitida va savdo qilish tajribasini orttirgan sari xususiy investorlarning axborotga bo'lgan ehtiyojlari ham ortadi.

Har bir broker ham unga ishonch bildirgan treyderlarni professional qaror topishlarining har bir bosqichida barcha zarur vositalar bilan ta'minlangan holda kasbiy rivojlanishga kafolat bera olmaydi. InstaForeks kompaniyasining malaka darajasi unga treyderlarning uzluksiz o'sib borayotgan ehtiyojlariga mos bo'lishga imkon beradi. Kompaniya o'zining texnik salohiyatini orttira borib, doimiy ravishda yangi servislarni ishlab chiqish jarayonida turadi.

Masalan, vositachilarning yo'qligi InstaForeksga spredlarni past darajada tutib turishga imkon berib, o'z mijozlariga turli xil savdo vositalarining keng spektrini taklif etadi. Treyder investitsiyalarning qanday turini afzal ko'rmasin, InstaForeks unga taqdim etayotgan xizmatlarning juda katta miqdori tufayli savdo imkoniyatlaridan maksimal foydalanish uchun eng foydali sharoitlarni ishonch bilan kafolatlashi mumkin.

Brokerning mijozlari istagan payt qo'llab-quvvatlash xizmatiga yordam so'rab murojaat qilishlari mumkin, bu xizmat bir haftada etti kun kechayu kunduz ishlaydi. Bundan tashqari, ular bepul onlayn-seminarlarda ishtirok etib, o'z bilimlarini takomillashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. InstaForeks bilan hamkorlik qilishning shubhasiz afzalligi Foreks bozorining ko'p sonli ekspertlaridan har kuni yangilanib turiladigan tahliliy sharhlar va bashoratlardan foydalanish hisoblanadi.

Har biri tajribali mutaxassis hisoblangan jamoaning barcha a'zolari treyderlarning o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga qodir innovatsion texnik yechimlarni ishlab chiqish ustida uzluksiz mehnat qilishmoqda. InstaForeks kompaniyasi Foreks bozorini o'zgartiruvchi texnologik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir.

InstaForeksda hamkorlik dasturi alohida e'tiborga loyiq bo'lib, u birinchi kundanoq kompaniya ishining asosiy qismini tashkil etadi. Bu tizim qanday ishlashni quyida keltirilgan misol tavsiflab berishda yordam beradi.

1996 yilda Amazon onlayn-gipermarketi ajoyib hamkorlik dasturini ishga tushirdi, u tovarning tavsifi joylashtirilgan hamkorlik saytiga havola orqali gipermarketda xarid amalga oshirilganda har safat komissiya mukofotini to'lashni taklif etar edi. Foreks bozorida bunga o'xshagan dasturlarni joriy qilish bilan bog'liq murakkabliklarga qaramay, bu yerda savdo qilish jarayoni an'anaviy farq qilgani uchun InstaForeks kompaniyasi bu ko'p narsani yuzaga chiqaruvchi modelning imkoniyatlarini ko'rib chiqib, undan foydalandi. Foreks kontekstida hamkorlar oddiy vebustalar bo'lib hisoblanmaydi. Ular mohiyatiga ko'ra ishini endi boshlagan treyderlarga murabbiy rolini o'ynab, ular uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqadi va zarur bozor sharhlarini tayyorlaydi.

Bu, yangi mijozlarni jalb qilish hamkorlik dasturi ishtirokchilarining yagona vazifasi bo'lib hisoblanmaydi. InstaForeks bu dasturni o'z ustuvor yo'nalishi deb hisoblaydi. Kompaniya o'z mijozlarini eng yaxshi savdo sharoitlari bilan ta'minlab, o'z hamkorlari ishini yanada samarali qilish uchun yana turli xil rag'batlantirishlar tizimini va keng tahliliy materiallarini - yuqori aniqlikda bajarilgan bannerlardan to veb-tahlilning murakkab tizimlarigacha taklif etadi.

InstaForeks jamoasi: "Mijozga ishlab pul topishga yordam ber va uning hamkori bo'l" shioriga amal qiladi. Bunday yondashuv o'zining samaradorligini isbotlab, kompaniyaga saksondan ortiq mamlakatdan ikki milliondan ko'proq mijozlarni jalb qilishga yordam berdi.

InstaForeks saytida har kuni mingdan ortiq yangi hisob-varaqlari ochilmoqda.

Kompaniyaning keng tarmoqlangan vakolatxonalari dunyoning 25 mamlakatida 200 dan ortiq ofisga ega. InstaForeks jahon miqyosidagi broker hisoblanadi, u o'zining mahsulotlari va xizmatlarining yuqori standartlari tufayli ancha mashhurdir. Kompaniya faoliyati WorldFinance, CNBC, BusinessMagazine, European CEO, InternationalfinanceMagazine va GlobalBanking&Financereview kabi nufuzli nashrlar tomonidan juda ko'p marta yoritilgan. Undan tashqari, InstaForeks moliyaviy konferentsiyalarda va ko'rgazmalarda kamdan kam hollarda sovrinsiz qoladi. Kompaniya the China International Online Trading Expo, ShowFx World ko'rgazmasi, Forex&Investment Summit va Jordan EXPO larning sovrindoridir.

Capital Finance International jurnali (Bahor, 2015)
Orqaga

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback