empty
 
 
Forex: Osiyodagi eng yaxshi o'yinchiga nigoh

Yekaterina Abramova, InstaFintech Group PR-direktori bilan intervyu

InstaForex brokeri IAIR jurnalining "Osiyoning eng yaxshi brokeri" mukofotini oldi. Siz o'zingizning maqsadli auditoriyangiz sifatida Osiyo bozorini qanday sabablarga ko'ra tanladingiz?

Bir tomondan, biz Osiyoda rivojlanib borayotgan Foreks bozori har bir kishiga taqdim etayotgan imkoniyatlarni ko'rdik. Ikkinchi tomondan, biz monitoring o'tkazdik va bizning asosiy afzalliklarimiz bizga Osiyo mintaqasida giper-raqobatli bo'lishga imkon berishini tushundik va bizning Osiyodagi baxtli mijozlarimizning ulkan bazasi bizning to'g'ri to'g'ri yo'nalishda harakatlanayotganimizning tasdig'i hisoblanadi. Mukofot uchun IAIR jurnaliga katta rahmat, Siz Osiyo mintaqasida Foreks bozorini sinchiklab o'rganib chiqdingiz va bizni "Osiyoda eng yaxshi Foreks - broker" deb tanladingiz.

Innovatsiyalar, barcha yo'nalishlarda aniq ilgarilanma harakat, jamoa bo'lib birga ishlash va shaffoflik - bu InstaForex kompaniyasining asosiy maqsadlaridir. Bozorda, ayniqsa, Osiyoda Sizning muvaffaqiyatlaringizning qanday sirlari bor?

Siz sanab o'tganlarning hammasiga qo'shimcha ravishda shuni ta'kidlab o'tamizki, biz o'z ishimizda kompaniya taqdim etadigan imkoniyatlar to'g'risida iloji boricha qulay holda so'zlab berish uchun mintaqadagi norasmiy etakchilar bilan shaxsiy uchrashuvlarga muhim ahamiyat beramiz. Biz doimiy ravishda biror alohida narsalarni o'ylab topamiz, joriy qilamiz, taqdim etamiz, masalan, tanlovlar, alohida promo-aksiyalar tashkil etamiz, sohadagi oxrigi innovatsion yutuqlarni joriy qilamiz. Biz etarli darajada kreativmiz va bu Osiyodagi mijozlarga ma'quldir.


media about us, publications

InstaForex mijozlar bilan ishlashda yakka tartibda yondashishga amal qiladi va ularga treyderlar hamjamiyatining to'la huquqli a'zolari bo'lishga yordamlashadi. Shunday qilib, Siz treyderlar qanday afzalliklarni taklif etasiz?

Bir qator afzalliklar borki, biz ularni treyderlarga ham, hamkorlarga ham taklif etamiz. Treyderlarga bozorda taklif etilayotgan bonuslarning eng yuqorisi - har bir depozit summasidan 30% bonus, shuningdek erkin mablag'larga eng foydali foizli 13%li yillik ustama stavkasi juda ma'qul keladi. VIP - mijozlar segregatsiyalangan hisob-varaqlarida ishlashning barcha jozibasidan bahramand bo'lishlari mumkin bo'lib, ularni mijozning kapitalini Foreks bozorida himoya qilishning eng yaxshi uslubi deb aytish mumkin. Va o'qishga va treydingga vaqti bo'lmagan kishilar bizning noyob PAMM-tizimdan foydalanishlari mumkin bo'lib, bu tizim investitsiyalash uchun hisob-varaqlarini osongina topish imkonini beradi.

Hamkorlar uchun beriladigan afzalliklar to'g'risida mufassal gapirib bera olasizmi?

Uchta asosiy afzallikni ajratib ko'rsatish mumkin. Keling, har bir hamkorning maqsadini eslab ko'raylik - bu pul ishlab topishdir - shuning uchun bizda bozorda hamkorlar uchun juda yuqori - har bir bitimdan 1.5 punkt komissiya belgilangan. Ikkinchisi - bu motivatsiya. Hamkor o'z biznesini kompaniya bilan birgalikda rivojlantiradi. U qancha ko'p pul ishlab topsa, qanchalik ko'proq treyderlarni jalb qilsa, hamkor uchun sharoitlar shunchalik foydali bo'lib boradi. Va uchinchi afzallik - tahlil qilish. Bizda tahlil qilish vositalarining keng spektri mavjud: chaqiruvlar bo'yicha etarli statistika, one-click, hamkorga trafik resurslari bo'yicha axborot, ishlab topilgan komissiyalar bo'yicha turli xil statistika va h.k. Bularning hammasi hamkorga o'z strategiyasini o'zgartirish va takomillashtirish uchun imkoniyat beradi. Va oxirgisi. Biz mijozlarni jalb qilish uchun juda ko'p vositalarni taklif etamiz: bu zamonaviy bannerlar va vidjetlar (informerlar), video va tahliliy sharhlar, RSS tasmalari, o'rgatuvchi materiallar, bepul hamkorlik saytini olish imkoniyati va ribeyt tizimi. Hamkor har bir treyder uchun ribeyt darajasini tanlab olishi mumki va bunda pullar avtomatik ravishda uning hisob-varag'iga o'tkaziladi. Shunday qilib, hamkor treyderlarni jalb qilishning muhim vositalariga ega bo'ladi va buxgalteriya yuritishga ko'p vaqt sarflamasligi mumkin.


Keyingi yarim yil valyuta bozori juda barqaror bo'lmadi. O'zgaruvchanlik yuqori bo'lgan sharoitda Siz qanday savdo qilasiz?

Bir tomondan, bu savol biz uchun uncha muhim emas, chunki broker spredlar bilan pul ishlab topadi, spredlar esa o'zgaruvchanlik ta'sirida emaslar. Shunga qaramay, treyderlar bozorning nobarqarorligi tufayli mablag'larini yo'qotishlari mumkin va ular treydingga boshqa qaytib kela olmaydilar. Xususan, bizning tahlilchilar va tahlim markazlari mijozlarga texnik qo'llab-quvvatlashni va zarur tavsiyalar bilan ta'minlash ustida tinmay ishlamoqdalar.

InstaForeks kompaniyasi kelajakka o'z oldigan qanday maqsadlarni qo'ygan?

Har bir kompaniyada har doim ikkita asosiy maqsad bo'ladi, deb aytish mumkin: o'z daromadini oshirib borish va o'z mijozlarini mamnun qilish. Bu erda shuni ta'kidlash muhimki, mamnun bo'lgan, qanoatlangan mijoz - bu daromad olish uchun bir qadam qo'yishgina emas, balki bu muvaffaqiyatli kompaniyaning poydevori, falsafasi hamdir. Va biz o'z oldimizga qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun, texnik innovatsiyalarni ko'proq joriy qilib, hamma narsa qilishga harakat qilamiz. Yanada aniqroq gapiradigan bo'lsak, kompaniya o'z ishtiroki geografiyasini kengaytira borib, borgan sari globallashib boradi. Ya'ni dunyo xaritasida InstaForeks bilan oq dog'lar soni borgan sari kamayib borishi kerak. Lotin Amerikasi – kompaniyaning navbatdagi nishonidir. Ammo hozirgi odimlashni saqlagan holda harakatlanish juda muhimdir. Bu ma'noda Osiyo ham birinchi darajada bo'lib qoladi va mazkur mukofot yaqinda olingan "Eng yaxshi riteyl-broker" mukoofoti bilan birgalikda European CEO Yevropa jurnalida global istiqbollarga nisbatan - bu maqsadda erishishda bizning o'rnimizni muhim e'tirof etishdir.

IAIR jurnali, 2011 yil, oktabr-dekabr
Orqaga

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback